• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘zbekiston sayyohlik salohiyati Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqaro turizm ko‘rgazmasida namoyish etildi

O‘zbekiston sayyohlik salohiyati Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqaro turizm ko‘rgazmasida namoyish etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 33
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 14:10
O‘zbekiston delegasiyasi Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan 30-Xalqaro turizm va mehmondo‘stlik sanoati ("MITT") ko‘rgazmasida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O‘zbekiston delegasiya tarkibidan Turizm qo‘mitasi, "Milliy PR markazi", "Uzbekistan Airways," shuningdek, O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari mutaxassislari ishtirok etdi.

O‘zbekiston stendida milliy an’ana va qadriyatlarimiz, mamlakatimizning mashhur sayyohlik yo‘nalishlarini namoyish etildi. Shuningdek, ko‘rgazma sahnasida o‘zbek milliy raqslari, hunarmandchilik mahsulotlari, turizmning turli yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar namoyish etildi.

Xalqaro tadbir doirasida "Uzbekistan Airways" milliy aviakompaniyasining stendi ham namoyish etildi. Kompaniya xodimlari mahalliy biznes va turizm sohasi vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdilar. Muloqotlar davomida O‘zbekistondagi madaniy-tarixiy turizmning xususiyatlari haqida ma’lumot berildi, shuningdek, O‘zbekistonga sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.

"MITT" — 30 yildan beri Moskvada bo‘lib o‘tayotgan turizm va mehmondo‘stlik sanoati xalqaro ko‘rgazmasi sanaladi. Yarmarka xalqaro hamjamiyat tomonidan turizm va mehmondo‘stlik sanoatidagi biznes muammolarini hal qilish uchun samarali B2B tadbiri sifatida ham e’tirof etiladi. Har yili "MITT" Rossiya mintaqalari va dunyoning turli mamlakatlaridan sayyohlik sanoati mutaxassislarining eng yirik hamjamiyatini birlashtirib kelmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati