• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Namangan viloyatida meva-sabzavotning atigi 8, go‘shtning 28 va sutning 9,5 foizi qayta ishlanadi

Namangan viloyatida meva-sabzavotning atigi 8, go‘shtning 28 va sutning 9,5 foizi qayta ishlanadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 34
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 14:08
Namangan viloyatida meva-sabzavotning atigi 8, go‘shtning 28 va sutning 9,5 foizi qayta ishlanadi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Namangan viloyatining imkoniyatlarini ishga solish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Kosonsoy va Chortoq meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan bo‘lsa-da, birorta qayta ishlash korxonasi mavjud emas. Mingbuloq, Norin, Chortoq va Popda meva-sabzavot va sut, Namangan va Chortoqda go‘shtni qayta ishlash quvvati etishmaydi.

Yil yakunigacha meva-sabzavotni qayta ishlash yo‘nalishida 62 ta loyihani ishga tushirish, Kosonsoy va Popda yirik chorvachilik klasterlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, Popda asal ishlab chiqarish bo‘yicha yirik korxonani tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati