Namangan viloyatida meva-sabzavotning atigi 8, go‘shtning 28 va sutning 9,5 foizi qayta ishlanadi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 35
- Формат: mp4
- Дата релиза: 26-03-2024, 14:08
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Namangan viloyatining imkoniyatlarini ishga solish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Kosonsoy va Chortoq meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan bo‘lsa-da, birorta qayta ishlash korxonasi mavjud emas. Mingbuloq, Norin, Chortoq va Popda meva-sabzavot va sut, Namangan va Chortoqda go‘shtni qayta ishlash quvvati etishmaydi.
Yil yakunigacha meva-sabzavotni qayta ishlash yo‘nalishida 62 ta loyihani ishga tushirish, Kosonsoy va Popda yirik chorvachilik klasterlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, Popda asal ishlab chiqarish bo‘yicha yirik korxonani tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.