JSST diagnostika bo‘yicha yangi qo‘llanmani nashr etdi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 33
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 14:06
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi keng qamrovli “KXT-11 (Kasalliklarning xalqaro tasnifi)ga kiritilgan ruhiy, xulq-atvor va neyroontogenetik buzilishlar borasida klinik tavsiflar va diagnostika talablari” qo‘llanmasini nashr etdi.

???? Ushbu qo‘llanma eng so‘nggi ilmiy ma’lumotlar va ilg‘or klinik amaliyotlar asosida yaratilgan. U psixiatrik va boshqa yo‘nalishlardagi tibbiyot muassasalarining malakali mutaxassislariga ruhiy, xulq-atvor va nerv tizimi buzilishlarini aniqlash va tashxislashda ko‘maklashish uchun mo‘ljallangan.

???? Undan ruhiy salomatlik sohasidagi mutaxassislar va ixtisoslashmagan malakali tibbiyot xodimlari, xususan, birlamchi tibbiy yordam shifokorlari foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, hamshiralar, ergoterapevtlar va ijtimoiy ishchilar, tashxis qo‘yish bilan shug‘ullanmasalarda, ruhiy, xulq-atvor va neyroontogenetik buzilishlarning tabiati va simptomatikasini yaxshi bilishlari lozim. Shu sababdan, qo‘llanma ular uchun ham foydali bo‘ladi.

✅ Eslatib o‘tamiz, JSST tomonidan ishlab chiqilgan o‘n birinchi qayta ko‘rib chiqishdagi Kasalliklarning xalqaro tasnifi (KXT-11) sog‘liq bilan bog‘liq muammolarni qayd etish va hisobga olishning global standarti hisoblanadi. U butun dunyodagi tibbiyot mutaxassislariga standartlashtirilgan nomenklaturadan va salomatlik muammolarini tavsiflash uchun umumiy asosdan foydalanish imkonini beradi. KXT-11 Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi tomonidan 2019 yilda tasdiqlangan va 2022 yilda rasman kuchga kirgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati