«Umra» tadbirlarini tashkil etishning huquqiy mexanizmlari belgilanmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 34
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 14:00
Parlament quyi palatasining majlisida birinchi o‘qishda muhokama qilingan «Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ayni masalalarga daxldor.

Mazkur loyiha yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Gulnora Rahimova ma’ruza qildi:

– Ushbu qonun loyihasi bilan fuqarolarning «Umra» ziyoratini huquqiy jihatdan tartibga solish va ziyoratchilarning haq-huquqlarini ta’minlash maqsadida «Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi qonunga «Umra» tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shimcha normalar kiritilmoqda. Ma’lumki, xususiy sektor vakillariga 2023 yil 1 noyabrdan boshlab «Umra» tadbirlarini tashkil etish faoliyatini lisenziya asosida amalga oshirishga ruxsat berildi. Hozirda «Umra» tadbirlarini amalga oshirish bilan bog‘liq turistik faoliyatni amalga oshirish lisenziyasi chiqish turizmi kichik turining alohida faoliyat yo‘nalishi sifatida tegishli turoperatorlar tomonidan amalga oshirilishi milliy qonunchilikda belgilangan. Unga ko‘ra, «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanish uchun lisenziya turini joriy etish va lisenziyalovchi organ sifatida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitani belgilash yuzasidan qonun loyihasi ishlab chiqilgan.

Mazkur qonun loyihasida ziyoratchilarning «Umra» amallarini munosib va xavfsiz bajarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, xorijda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va kafolatlangan xizmatlardan foydalanishni ta’minlash, davlat xaridlari uchun ajratilgan mablag‘lar xavfsizligi va ularni ishonchli saqlash mexanizmlari aniq belgilab berilmoqda, – dedi vazir o‘rinbosari.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati