MIB: Fuqarolarning 109 million so‘mdan ziyod ish haqi undirib berildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 33
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 13:58
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi ijroga qaratilayotgan hujjatlarning ijro etilishi bo‘yicha izchil ishlarni amalga oshirmoqdaf. Ijro bilan bog‘liq masalalarda aholi o‘rtasida, tashkilotlarda targ‘ibot ishlari ham yo‘lga qo‘yilgan. Bu jarayonda ixtiyoriy ijro etilmagan hujjatlar qonunchilikka ko‘ra, majburiy ijro etilishi tushuntirilmoqda.

Byuroning Shayxontohur tumani bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan fuqaro foydasiga ish haqi undirish borasida majburiy ijro harakatlari olib borildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor Qurilish va uy-joy sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga fuqaro G.A.ning 109 million 315 ming 580 so‘m ish haqini to‘lab berish davlat davlat ijrochisi tomonidan tushuntirildi.

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdordan fuqaro foydasiga sud qarorida ko‘rsatilgan ish haqi to‘liq undirib berildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor SH.X.dan davlat foydasiga 45 million so‘m jinoiy jarima undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati ham Byuroning Shayxontohur tumani bo‘limiga kelib tushgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdordan jinoiy jarima pullari davlat foydasiga to‘liq undirildi.
Byuroning Yashnobod tumani bo‘limi ish yurituvidagi qarzdor SH.K.dan jami 36 marta 29 million 500 ming so‘mlik maxsus avtomatlashtirilgan foto va video moslamalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi yuzasidan kelib tushgan jarimalarni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari yuzasidan qarzdor bir necha marotaba ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramay, u jarimalarni to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.
Shu sababli, qarzdorga tegishli avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan S.A.dan noqonuniy tarzda egallangan 0.20 kv.m yer maydonidagi noqonuniy qurilmani buzib tashlash hamda yer maydonini bo‘shatish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning tuman bo‘limiga kelib tushgan.
Majburiy ijro harakatlari natijasida noqonuniy qurilma buzildi va ijro hujjati ijrosi amalda ta’minlandi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati