Giyoh va mevalar manziliga yetmay qoldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 13:42
Viloyat bojxona boshqarmasi “Termiz” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti va kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquq tartibot idoralari vakillari hamkorligida “Termiz Kargo Sentr” mas’uliyati cheklangan jamiyatining bojxona omborida Afg‘onistondan tranzit tarzda Polsha davlatiga o‘tish uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan “Mercedes Benz” rusumli yuk avtotransport vositasini belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazdi.

Ko‘rik chog‘ida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan ikkita qutida 196 dona paketchali qadoqda 4 kilogramm 200 gramm maydalangan va quritilgan ko‘knori boshoqlari bilan aralashtirilgan turli giyoh hamda mevalar aralashmasi mavjudligi aniqlandi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati