Toshkentda ikki shifokor bemor va uning o‘rtoqlari tomonidan ayovsiz kaltaklandi
- Жанр: Salomatlik
- Смотрели: 8
- Формат: mp4
- Дата релиза: 27-07-2024, 16:10
Bemor zudlik bilan navbatchi travmatolog-shifokor A.A. tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Dastlabki tekshiruv davomida unga “Ikkala qo‘l-bilak sohalari, ko‘krak qafasi va qorin oldi devorining ko‘plab kesilgan jarohatlari. Gemorragik shok 2-3-daraja“ tashxisi qo‘yilgan.
Bemorning holati og‘ir, shok holatida deya baholanib, zudlik bilan qon to‘xtatish va shokka qarshi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda qo‘shma shikastlanishlar shoshilinch bo‘limining mikroxirurgiya o‘rniga gospitalizasiya qilingan.
Soat 07:40 da tanadagi ko‘plab kesilgan jarohatlar inobatga olinib, u darhol xirurgik amaliyot o‘tkazish maqsadida mikroxirurgiya operasiya xonasiga olib kirilgan.
Xirurgik amaliyotga tayyorlash vaqtida bemor shifokor-mikroxirurg M.X.ga jiddiy qarshilik ko‘rsata boshlagan va tibbiyot xodimiga tarsaki tushirib, uni haqorat qilgan.
Shuningdek, B.I.ni tinchlantirishga urinishlar samara bermagach, u operasion stoldan tushib, shifokorni qattiq do‘pposlay boshlagan.
Shundan keyin shifokor M.X. ichki ishlar organlarining "102" telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan navbatchi qismga ma’lumot bergan.
So‘ng, shifokor M.X. mushtumzo‘r bemorning o‘rtoqlari — P.I. va S.B.lar tomonidan ham kaltaklagan. Shu vaqtda shoshilinch xirurgiya bo‘limining navbatchi shifokori H.U. bemorga xirurgik amaliyotni bajarish uchun operasion blokka kelgan. Mushtumzo‘r o‘rtoqlar bu tibbiyot xodimini ham ayovsiz do‘pposlab, unga jiddiy tan jarohati yetkazgan.
Oqibatda shifokor hushidan ketib, karaxtlik-koma holatiga tushgan va zudlik bilan reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan.