Yunayted Yuventus bilan muzokaralarni kuchaytirmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 13:20
"Manchester Yunayted" kelasi yozda markaziy himoyachi pozisiyasini mustahkamlash niyatida va shu maqsadda "Yuventus" bilan Bremerning transgeri ustida muzokara jarayonini faollashtirdi. Bu haqda Calciomercato xabar bermoqda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, "qizil iblislar" rahbariyati braziliyalik himoyachini qo‘lga kiritish uchun kurashda jiddiy raqobatga to‘g‘ri kelishini anglab yetgan va shu bois "Yuventus" bilan muzokaralarni tezroq kuchaytirishga qaror qilgan. Bremerga "Manchester Yunayted"dan tashqari "Chelsi", "Liverpul" va "Tottenxem" ham qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Bremer barcha turnirlarda 29 ta o‘yinda ishtirok etib, ikkita gol urgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati