Sirdaryoda 10 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirgan MCHJ aniqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 35
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 13:10
Sirdaryo viloyatida kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan MCHJ aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilishicha, departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Sirdaryo mintaqaviy filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda “O‘.SH.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, MCHJga ajratilgan 10 milliard so‘m kredit mablag‘lari evaziga turar joy binosini qurmasdan, ta’minotchi korxonalardan xarid qilingan qurilish mollarini naqd pulga sotib yuborib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Surxondaryoda xususiy bog‘cha qurish uchun ajratilgan 356 mln so‘m kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati