• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Minsk shahrida o‘tkazilgan Madaniyatlar muloqoti mavzusidagi davra suhbati Navro‘z qadriyatlariga bag‘ishlandi

Minsk shahrida o‘tkazilgan Madaniyatlar muloqoti mavzusidagi davra suhbati Navro‘z qadriyatlariga bag‘ishlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 12:30
Belarus Prezidenti huzuridagi Boshqaruv akademiyasida "Madaniyatlar muloqoti" mavzusida davra suhbati tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O‘zbekiston va Qirg‘izistonning ushbu mamlakatdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan tashkil etilgan tadbirda akademiya professor-o‘qituvchi hamda tinglovchilari ishtirok etdi.

Ishtirokchilarga qadimiy bayramlardan biri — Navro‘z bayrami turli millat va elatlarni birlashtirishi, odamlarni mehr-muruvvatga chorlashi, insoniylik, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlashi hamda farovonlik ramzi ekanli ta’kidlandi.

Navro‘z bayramining xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv, hurmat va do‘stlikni mustahkamlashda chuqur ahamiyat kasb etishi, shuningdek, turli madaniyatlarning bir-biriga yaqinlashishiga xizmat qilayotgani ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Akademiya tinglovchilari, ayniqsa, O‘zbekistonning boy madaniyati va milliy taomlariga katta qiziqish bildirishdi. Ular, shuningdek, mamlakatimizga safar qilish istaklarini ham ma’lum qildilar.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati