Crocus’dagi terakt: qurbonlar soni 139 kishiga yetdi – Tergov qo‘mitasi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 12:22
Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin Moskva viloyatidagi Crocus City Hall konsert zalida sodir etilgan terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 139 nafarga yetganini aytdi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Shuningdek, ommaviy qirg‘in oqibatida 182 kishi turli og‘irlikdagi tan jarohati olgan.

25 mart kuni Moskva sudi terakt bo‘yicha yana uch ayblanuvchini hibsga oldi. Ulardan biri Dilovar Islomov terrorchilar qochgan oq rangli Renault avtomobiliga egalik qilgan, qolgan ikki nafari uning otasi Isroil Islomov va ukasi Aminxon Islomovlar edi. Aleksandr Bastrikin ta’kidlaganidek, Islomovlar oilasi bosqinchilarga avtomashinadan tashqari yashash uchun kvartira bergan, shuningdek, ularga pul o‘tkazib bergan.

24 mart kuni sud terakt sodir etganlikda gumon qilingan to‘rt nafar shaxs – Dalerjon Mirzoev, Saidakrami Rachabalizoda, Muhammadsobir Fayzov va Shamsiddin Fariduni hibsga olgan edi. Ulardan ikki nafari aybini tan olgan.

Davlat Dumasidagi “Yagona Rossiya” fraksiyasi rahbari Vladimir Vasilev o‘lim jazosiga qo‘yilgan moratoriyni bekor qilish masalasi “chuqur o‘rganib chiqilishini” aytgan.

Terakt uchun javobgarlikni dunyoning ko‘plab mamlakatlarida terrorchi deb tan olingan ISHID o‘z zimmasiga olgan, biroq Moskva uni Ukraina bilan bog‘lashda davom etmoqda.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati