Ramazon oyida ro‘za tutish tanani tozalashga yordam beradi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 68
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-03-2024, 23:14
Musulmonlarning muqaddas Ramazon oyida ro‘za tutish nafaqat insonning ruhiy holatiga foyda keltiradi, balki tanadagi yuklarni tushirish va tozalashga yordam beradi.

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli 29 may davlat kasalxonasining ovqatlanish va diyetologiya bo‘yicha mutaxassisi Hikran Keremezli Aksan Anadolu agentligi muxbiri bilan suhbatda ma’lum qildi.

Bu yilgi Ramazon oyi 10 martdan 11 martga o‘tar kechasi boshlandi.

Mutaxassis surunkali xastaliklari, qandli diabet yoki boshqa sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga duchor bo‘lganlar ro‘za tutishdan oldin shifokorlardan maslahat olishlari lozimligi haqida ogohlantirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sahur vaqtida (Ramazon oyida erta tongda) oqsilga boy taomlarni tanlash kerak, chunki ular tanani to‘yintiradi. «Pishloq, tuxum, yogurt va sut kabi tuzi kam bo‘lgan taomlarga afzallik beriladi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Agentlik suhbatdoshining qayd etishicha, iftorlik (ro‘za paytida kechki ovqat) xurmo va bir stakan suv ichishdan boshlash tavsiya etiladi. "Keyin ovqatni bir piyola sho‘rva va nozik bir bo‘lak butun don yoki javdar noni bilan davom ettirish mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, to‘yish hissi birinchi 10-15 daqiqada paydo bo‘ladi.Shuningdek, ovqatni sekin-asta mayda bo‘lib, yaxshilab chaynash tavsiya etiladi», - dedi shifokor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, iftorni asosiy taom sifatida go‘sht va sabzavotli garnitür sifatida davom ettirish mumkin.
Shuningdek, u suyuqlik tanqisligini oldini olish uchun sahur paytida 3-4 stakan suv ichishni maslahat berdi.
Aksan, iftorlikdan 1-1,5 soat o‘tgach, o‘rtacha tezlikda 30-45 daqiqa yengil va o‘rtacha yurishning sog‘liq uchun foydasiga e’tibor qaratdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati