“Barselona” 2025 yilgacha Holandni sotib oladi — Mundo Deportivo

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 12:10
“Barselona” klubi prezidenti Xoan Laporta “Manchester Siti”ning 23 yoshli hujumchisi Erling Holandni sotib olishni niyat qilmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” norvegiyalik futbolchini 2025 yilning yozida sotib olishni rejalashtirmoqda. Laporta Holandni sotib olish “Barselona”ning “Real”ning Kilian Mbappe transferiga javobi bo‘lishini xohlayapti. Ta’kidlanishicha, Kataloniya klubi prezidenti Holandning agenti Rafaela Pimenta bilan yaxshi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Holand barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda qatnashib, 29 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 180 million yevroni tashkil qiladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati