Mbappe: Buni hoziroq to‘g‘irlagan ma’qul

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 10:56
Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasining Germaniya bilan o‘yindagi (0:2) ishtirokini tanqid qildi.

Bugun “uch ranglilar” navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini - Chili terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

"Matbuot anjumanlariga kelish mening mas’uliyatim, ayniqsa mag‘lubiyatdan keyin. Agar Germaniyani mag‘lub etganimizda, kelmasdim.

Germaniya bilan o‘yinda ko‘p tashvishli vaziyatlar bo‘ldi. Ha, u o‘rtoqlik bahsi edi. Ammo bizning o‘yinimizga nazar tashlasangiz, ko‘plab kamchiliklarni ko‘rasiz - texnika, taktika, munosabat va harakatlar samaradorligi nuqtayi nazaridan. Albatta, buni hoziroq to‘g‘irlagan ma’qul.

Bu o‘yinda bizda yetakchilik borasida kamchilik bor edi. Biz barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ustun keldik.

Bu o‘rtoqlik o‘yini bo‘lsa ham bir narsaga signal beradi. Endi bunga qanday munosabatda bo‘lishimiz o‘zimizga bog‘liq", - dedi "PSJ" va Fransiya terma jamoasi hujumchisi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati