Giyohvandlikdan xalos bo‘lish mumkinmi? «Ha!» deb javob bermoqda shifokorlar

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 63
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-03-2024, 23:12
Narkomaniya insonning sog‘lig‘iga ulkan zarar keltirib, uning hayotini butunlay izdan chiqarib yuboradigan halokat yo‘lidir. Ammo, darhol harakat qilinsa, zarur choralar ko‘rilsa, giyohvandlikka chalingan bemorni qutqarib qolish mumkin.

Yaqinlarning qo‘llab-quvvatlashi va yordami bunday og‘ir damlarda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Eng muhimi, kasalni yashirmasdan, o‘z vaqtida tegishli mutaxassislarga murojaat qilish zarur.

Ko‘pincha, bu dardga chalingan insonlar o‘z halokatining oshkor bo‘lishidan qo‘rqadi. Oqibatda, organizmni bu balodan qutqarib qolish imkoniyati qo‘ldan boy beriladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, zamonaviy tibbiyot insonni giyohvandlik changalidan tortib olishning yangidan-yangi choralarini topgan. Qolaversa, bugungi kunda mamlakatimizdagi bir qancha klinikalarda giyohvandlikni anonim davolash yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik va zaharvandlikka chalingan bemorlarni davolashda zamonaviy tibbiy-ijtimoiy reabilitasiya qilish modeli joriy qilingan. Bunda bemorning jismoniy, ruhiy va ma’naviy sog‘lig‘ini, ularning shaxsiy va ijtimoiy ahvolini tiklashga yo‘naltirilgan tibbiy-ijtimoiy choralar majmuasi amalga oshiriladi.

Bemorlarni psixoaktiv moddalarning notibbiy iste’molidan voz kechishga va ularni jamiyatga qaytarishga yo‘naltirilgan tibbiy, psixologik, tarbiyaviy, ijtimoiy, mehnat chora-tadbirlarini kompleks ravishda qo‘llash orqali ushbu maqsadga erishiladi.

Giyohvandlik va zaharvandlikka chalingan bemorlar va ularning yaqin qarindoshlariga psixologik va psixoterapevtik yordam ko‘rsatishda ko‘plab zamonaviy usullaridan foydalaniladi. Jumladan:
— Rasional psixoterapiya;
— Xulq-atvor psixoterapiyasi;
— Kognitiv psixoterapiya;
— Suggestiv psixoterapiya;

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati