• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Yo‘l harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan tizim takomillashtiriladi

Yo‘l harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan tizim takomillashtiriladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 10:50
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, 2024 yil 1 iyuldan boshlab yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida, yo‘l-transport hodisalari o‘choqlarida, temir yo‘l kesishmalarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi tomonidan “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bosqichma-bosqich o‘rnatiladi. Bunda:

maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan belgilanadigan joylarga o‘rnatiladi;

maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladigan joylar YHXX tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilishlari hamda yo‘l-transport hodisalarining tahlilidan kelib chiqib belgilanadi.

Mazkur qaror bilan Yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida, yo‘l-transport hodisalari o‘choqlarida, temir yo‘l kesishmalarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish va ekspluatasiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi.

2024-2026 yillar davomida “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari manzilli ro‘yxat asosida o‘rnatilib, “Xavfsiz shahar” tizimlariga integrasiya qilinadi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati