O‘zbekiston va Janubiy Koreya hamkorlik ko‘lamini kengaytiradi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 10:44
Joriy yil 25 martda Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligida Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Chung Byon Von bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat o‘zaro munosabatlarning turli yo‘nalishlaridagi ikki tomonlama iqtisodiy sheriklikning dolzarb masalalariga bag‘ishlandi.

Savdo va sarmoyaviy hamkorlikda erishilgan ko‘rsatkichlar alohida ta’kidlandi. Savdo aylanmasi 2017 yildagi 1,3 milliard dollardan 2023 yilda 2,3 milliard dollarga yetdi. Joriy yilning dastlabki ikki oyida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizga oshdi. Oxirgi besh yil ichida O‘zbekistonda Koreya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ikki barobarga oshib, 983 taga yetdi, ularning yarmidan ko‘pi, ya’ni 605 tasi – 100 foiz xorijiy kapitalga asoslangan. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Suhbat chog‘ida ikki davlatning alohida strategik sherikligi nuqtai nazaridan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish va oliy darajadagi sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari muhokama etildi. Shu nuqtai nazardan, Koreya tomoni Koreya hukumatining ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy va texnik yordamni oshirishga hamda O‘zbekistonda metallurgiya, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish sohalarida yirik investisiya loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyorligini tasdiqladi.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlash istiqbollari alohida tahlil etildi. Hududlararo forumlarni ishlab chiqish va o‘tkazish mexanizmlari kelishib olindi, ular davomida biznes vakillari qo‘shma imkoniyatlarni muhokama qilishlari, bitim va shartnomalar tuzishlari mumkin bo‘ladi.

Suhbat yakunida o‘zaro savdo hajmini oshirish va diversifikasiya qilish bo‘yicha qo‘shma yo‘l xaritasini ishlab chiqish, shuningdek, yirik Koreya kompaniyalarini mamlakatimizda istiqbolli investisiya loyihalarini amalga oshirishga jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati