Isroil G‘azodagi urushni to‘xtatishga ma’naviy haqqi yo‘qligini ma’lum qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 10:42
BMT Xavfsizlik Kengashi ramazon oyida Falastinda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qiluvchi rezolyusiyani qabul qilgandan so‘ng, Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant G‘azo sektoridagi janglarni to‘xtatishga “ma’naviy haqqi” yo‘qligini aytdi.

G‘azo sektorida garovga olinganlar qolayotgan paytda urushni to‘xtatishga ma’naviy haqqimiz yo‘q. G‘azo sektorida hal qiluvchi g‘alabaga erisha olmaslik bizni shimoldagi urushga yaqinlashtirishi mumkin, — dedi Galant.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, u Vashingtonga Isroil mudofaa kuchlarini (IDF) mustahkamlash va yahudiy davlati imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida tashrif buyuradi.

“AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan bilan bo‘ladigan birinchi uchrashuvimda men HAMASni yo‘q qilish va garovga olinganlarni uylariga qaytarish muhimligini ta’kidlayman. Biz hamma joyda HAMASga qarshi harakat qilamiz”, — deya ta’kidladi Galant.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati