Xvicha: Terma jamoada kim gol urishi muhim emas

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 10:30
Gruziya terma jamoasi hujumchisi Xvicha Kvarasxeliya 2024 yilgi Yevropa chempionatining Gresiya terma jamoasi bilan bo‘lib o‘tadigan so‘nggi saralash o‘yini oldidan umidlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz qo‘limizdan kelganini qilamiz, raqibimizni hurmat qilamiz, lekin kuchli tomonlarimizni bilamiz va o‘zimizga va muxlislarimizga ishonamiz.

Men yaxshi formadaman va jamoaga g‘alaba qozonishda yordam beraman degan umiddaman. Terma jamoada kim gol urishi muhim emas, eng muhimi, maydonda kurashish va g‘alaba qozonishdir", - deya Kvarasxeliyaning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

O‘yin 26 mart kuni Tbilisidagi "Boris Paichadze" stadionida 22:00da boshlanadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati