Trampga garov pulini to‘lash uchun 10 kun muhlat berildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 10:26
Nyu-York apellyasiya sudi AQShning sobiq prezidenti moliyaviy firibgarlikda ayblangani uchun to‘lashi kerak bo‘lgan garov miqdorini ikki baravar kamaytirib, 175 million dollarga tushirdi. Agar siyosatchi 10 kun ichida garov pulini to‘lamasa yoki bu summaga kafil bermasa, sud uning mol-mulkini hibsga olishni boshlashi mumkin.

Donald Tramp va uning to‘ng‘ich o‘g‘illari kreditlar va sug‘urta shartlarini yaxshilash maqsadida ko‘chmas mulklari qiymatini sun’iy ravishda milliardlab dollarga oshirganlikda aybdor deb topilgan. Shu munosabat bilan, fevral oyi o‘rtalarida Trampga 355 million dollar va butun firibgarlik davri uchun foydalanilgan foizlar miqdori, uning o‘g‘illariga 4 million dollar va foydalanilgan foizlar miqdorida jarima belgilangan edi.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati