Toshkentda Toyota Camry haydovchisi sodir etgan YTHda Xitoy fuqarolari jarohatlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 10:22
Toshkentda yo‘l-transport hodisasi sodir etib, besh kishining tan jarohati olishiga sabab bo‘lgan 18 yoshli haydovchi javobgarlikka tortildi.

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Mirobod tumani sudining 5 mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishid Toyota Camry haydovchisi — 18 yoshli N.T.ga nisbatan ish ko‘rib chiqilgan.

“Gazeta.uz”ning yozishicha, 2023 yilning 20 noyabr kuni Buyuk Britaniyaning Bangor universiteti 2-kurs talabasi, Buxoro viloyatida tug‘ilgan 18 yoshli yigit Abdulla Qodiriy ko‘chasi bo‘ylab 80−85 km/soat tezlikda harakatlangan. Xavfli quvib o‘tish manyovrini amalga oshirgan va boshqa mashina bilan to‘qnashishning oldini olishga urinib, chapga burilgan, oqibatda beton bordyurga urilgan. Mashina ag‘darilib, qarama-qarshi yo‘lakdagi Nexia bilan to‘qnashgan. Avtomobilda transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi bo‘lmagan.

Hodisa oqibatida Nexia haydovchisi va undagi to‘rt nafar Xitoy fuqarosi jabrlangan. Ularda turli xil sinishlar, miya chayqalishi va boshqa jarohatlar (jigar o‘ng bo‘lagining yorilishi, qorinning yopiq shikastlanishi, bosh miyaning yopiq sinishi, gematoma, gemoperitoneum, 3-darajali travmatik shok, post-travmatik anemiya va boshqalar) yuzaga kelgan. Ikki nafari o‘rtacha og‘irlikdagi, yana ikki nafari og‘ir, hayot uchun xavfli bo‘lgan jarohatlar olgan.

Nexia’ga yetkazilgan zarar 28 million 280 ming so‘mni tashkil etgan. Toyota haydovchisi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib, kechirim so‘rab, jabrlanuvchilarga davolanishi va boshqa xarajatlari uchun 200 million so‘m to‘laganini aytgan. U suddan “oilaviy va moddiy ahvolini” inobatga olgan holda jazoni yengillashtirishni so‘ragan.

Nexia haydovchisi yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganini tasdiqlagan. U sudlanuvchiga nisbatan hech qanday shikoyati yo‘qligini aytib, suddan jazoni yengillashtirishni so‘ragan.
Sud qarori bilan fuqaro N.T. Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa) bilan aybdor deb topilib, 1 yil muddatga avtomashina boshqarish huquqidan mahrum qilingan. Shuningdek, davlat foydasiga BHMning 10 baravari (3,3 million so‘m) miqdorida jarima undirilgan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati