• Главная
  • »
  • Salomatlik
  • »
  • «Zangiota-2» o‘rnida Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi

«Zangiota-2» o‘rnida Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-07-2024, 16:16
Vazirlar Mahkamasi “Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan maxsus Zangiota 2-son shifoxonasining bo‘sh turgan bino va inshootlaridan samarali foydalanish hamda 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun zamonaviy, yuqori texnologik, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Toshkent shahar hokimligining “Toshkent” MFY Yangi aylanma yo‘li manzilida joylashgan “Zangiota-2” shifoxonasi o‘rnida davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat muassasasi shaklidagi 500 o‘rniga mo‘ljallangan Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi.

“Zangiota-2” shifoxonasining bino va inshootlari tegishli hududi bilan bolalar shifoxonasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi.

Shifoxonaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

2024 yil 1 sentyabrga qadar Bolalar shifoxonasining bino va inshootlarida zarur qurilish hamda ta’mirlash ishlarini amalga oshirilib, bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishga moslashtiriladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati