Iqboljon Xoldarov 14 aprel kuni Toshkentda o‘z jangini o‘tkazadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 10:20
Superyarim o‘rta vazn toifasidagi bokschimiz, havaskor boksda jahon chempionati sovrindori, Osiyo o‘yinlari g‘olibi Iqboljon Xoldarovning navbatdagi jangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

Hamyurtimiz 14 aprel kuni Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasida o‘tkaziladigan "IBA Chempionlar oqshomi"da ringga chiqadi. Hozircha Xoldarovga bo‘lajak jangda kim raqiblik qilishi hozircha tasdiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, Iqboljon Xoldarov (5-0-0) prof boksdagi so‘nggi jangini 2023 yil aprel oyida meksikalik Eleazar Valensuyela Karrilyoga qarshi o‘tkazib, muddatidan oldin zafar quchgan edi.

Ma’lumot uchun, turnirning markaziy jangi Hasanboy Do‘smatov hamda ispaniyalik Samuel Karmona o‘rtasida IBA chempionlik kamari uchun kechadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati