Toshkentda 13 yoshli qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan nafaqadagi o‘qituvchiga hukm o‘qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 10:12
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojini zo‘rlik bilan qondirish bilan ayblangan 67 yoshli A.S.ga doir jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Nemolchi.uz loyihasining xabar berishicha, o‘qituvchi ikki yil davomida qizga tegajog‘lik qilib kelgan. Qizning onasining so‘zlariga ko‘ra, sudlanuvchi tizimli ravishda qiz yolg‘iz kelganida uni o‘pib, jinsiy yaqinlik qilishni taklif qilgan.

67 yoshli o‘qituvchiga nisbatan ushbu jinoyat ishi JPKning 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

Sud muqaddam sudlanmagan shaxsni JKning 119-moddasi 4-qismida (jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy shaklda majburlab qondirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi. Unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Erkak jazoni umumiy rejimli koloniyada o‘taydigan bo‘ldi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati