Xitoy elchixonasi: AQSh harakatlari global muhim infratuzilmani xavf ostiga qo‘yadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 10:06
Aksariyat kiberhujumlar Qo‘shma Shtatlardan amalga oshiriladi va shu bilan dunyoning muhim infratuzilmasiga tahdid soladi.

Bu haqda Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi rasmiy vakili Lyu Pen’yuy ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

"Qo‘shma Shtatlarning o‘zi kiberhujumlarning manbai va asosiy ijrochisi", - dedi diplomat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Kiberqo‘mondonligi boshqa mamlakatlarning muhim infratuzilmasi mamlakat kiberhujumlari uchun “qonuniy nishon” ekanligini ochiq aytdi.

Bu, Lyu Pen’yuyning so‘zlariga ko‘ra, dunyodagi muhim infratuzilmani katta xavf-xatarlarga duchor qiladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati