SSV ogohlantiradi: Jaziramadan ehtiyot bo‘ling!

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 7
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-07-2024, 11:26
O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 25-29 iyul kunlari O‘zbekistonda juda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Xususan, yurtimizning aksariyat hududlarida harorat kunduzi 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 44-45 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilinyapti.

❓Xo‘sh, bunday ob-havo sharoitida aholi o‘z salomatligini asrash uchun qanday tavsiyalarga amal qilishi kerak?

▶️ Jazirama kunlarda, eng avvalo, bolalar, qariyalar, homilador ayollar va surunkali kasalliklardan aziyat chekayotgan bemorlar o‘z sog‘ligiga yanada e’tiborli bo‘lishlari zarur.

???? Soat 10:00 dan 17:00 ga qadar soya-salqin joylarda bo‘lish tavsiya etiladi.

???????????? Tashqariga chiqish lozim bo‘lsa, tabiiy, yorqin rangdagi, paxta matosidan bo‘lgan liboslar va yengil bosh kiyim kiyish hamda quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqish maqsadga muvofiq.

????Issiq ob-havoda kuniga 3 litrdan kam bo‘lmagan miqdorda suyuqlik ichish zarur. Biroq past haroratdagi salqin ichimliklarni ichishdan tiyilish kerak.
???? Gazlangan, energetik va alkogol ichimliklar, qahva iste’mol qilmaslik lozim. Yog‘li, dudlangan taomlar tanovul qilmaslik, aksincha ko‘proq meva-sabzavotlar iste’mol qilish tavsiya etiladi.
???? Kun davomida iliq dush qabul qilish, vaqti-vaqti bilan badanni sovuq suvda namlangan dastro‘mol bilan artib turish ham tanani haddan ziyod qizib ketishdan saqlaydi.
???? Quyosh urishi — eng xavfli holat bo‘lib, jabrlanuvchida ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, qusish, burundan qon ketishi, quloqlarda shovqin, ko‘rish qobiliyatining buzilishi, yurak urishi va nafas olish kuchayadi. Hatto ayrim paytlarda tutqanoq tutish, alahsirash, gallyusinasiya kuzatilishi va bemor hushini yo‘qotishi mumkin.
✅ Bunday paytda bemorni, eng avvalo, salqin joyga ko‘chirib o‘tkazish lozim. So‘ng gorizontal holda yotqizib, oyoqlarini sal ko‘tarish, kiyimlarini yechish, yuzini sovuq suvda yuvish va biror xo‘llangan matoni yurak sohasiga qo‘yish kerak. Shuningdek, unga salqin ichimlik yoki qatiq ichirish va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati