«Biz shu yerdamiz» — Qurilish vazirligiga tegishli sayt xakerlar hujumiga uchradi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 09:56
Ijtimoiy tarmoqlarda Qurilish vazirligining «Ulush kiritish asosida uy-joy qurish» milliy axborot tizimi ISHID jangarilari tomonidan buzib kirilgani to‘g‘risida xabar tarqaldi.

Saytga kiber hujum qilgan xaker shunday yozib qoldirgan:

«Sizning tizimingiz ISHID tomonidan buzilgan. Biz shu yerdamiz»

Vazirlikning ma’lum qilishicha, rasmiy saytga buzib kirilmagan. Faqatgina havolani o‘zgartirishga urinish bo‘lgan.

«Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining mc.uz rasmiy saytidagi rd.mc.uz havolasi xakerlar hujumi tufayli buzilgan edi.

Rasmiy sayt faoliyatida hech qanday uzilishlar bo‘lmagan. Havoladagi faoliyat qayta tiklanayotganini ma’lum qilamiz», - deyiladi xabarda.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati