Andijon legioneri: “Bu yil gollar urishga juda tashnaman”

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 04:58
“Andijon” klubi mavsumni shiddatli boshladi. Buni dastlabki uchta uchrashuv ham ko‘rsatib qo‘ydi. Oldinda esa “Burgutlar”ni “Nasaf”ga qarshi juda muhim o‘yin kutmoqda.

Gollar urishda faollik ko‘rsayotgan “Andijon” kuni kecha o‘z maydonida Qirg‘iziston U20 termasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi hamda raqibini 3:0 hisobida taslim qildi.

Gollardan biriga chernogoriyalik legioner Armin Boshnyak mualliflik qildi. U bir qator savollarga javob qaytardi.

-Armin, Qirg‘iziston yoshlar terma jamoasiga qarshi o‘yin haqida fikringiz qanday?

-Bu biz uchun yaxshi darajadagi o‘rtoqlik o‘yini bo‘ldi. Bunday o‘yinni jamoamizga katta foydasi bo‘ladi, deb o‘ylayman. “Nasaf”ga qarshi uchrashuvga tayyorgarligimizni yanada kuchaytiramiz.

-30-mart kuni “Andijon” klubini nihoyatda muhim o‘yin kutmoqda. Siz bo‘lajak uchrashuvdan nima kutyapsiz?
-Biz har bir o‘yinda qilganimizdek, doim 100 foiz imkoniyatimizni ishga solib, bor kuchimizni berib o‘ynaymiz. Hamisha yaxshi natijaga umid bog‘laymiz.
-Umuman aytganda, “Andijon” yangi mavsumni yaxshi boshladi. Sizningcha, buning asosiy sababi nimada?
-Bizning yaxshi natijalarimizdagi asosiy sababi shundan iboratki, biz yaxshi shug‘ullanamiz va tayyorgarligimiz ham shunga yarasha. Bunga jamoa ichidagi atmosfera katta yordam beradi. Qolaversa, yangi futbolchilarni tanlashda ham ancha omadli bo‘ldik. Yaxshi o‘yinchilar tarkibimizga qo‘shilishdi.
-Klub 3 ta uchrashuvda 8 ta gol urdi, o‘rtoqlik o‘yinida esa 3 ta. Ko‘rinib turibdiki, jamoa juda tajovuzkor o‘ynamoqda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati