Boks. Tim Szyu Fundoraga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 04:54
Birinchi o‘rta vazn (69,9 kg.gacha) toifasida WBO chempioni Tim Szyu (24-0, 17 KO) ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga mashg‘ulotidan suratlar joyladi.

Avstraliyalik bokschi 31 mart kuni Las-Vegas shahrida amerikalik Sebastyan Fundora (20-1-1, 13 KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi. Szyudan bo‘yi deyarli ikki qarich baland bo‘lgan Fundoraga bu jang kamarni qo‘lga kiritish uchun yaxshigina imkoniyat. U faoliyatida 22 ta jang o‘tkazgan bo‘lsa, hali biron marta ham chempionlik kamari uchun ringga chiqmagan.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli Sebastyan Fundora jarohat sabab safdan chiqqan amerikalik Kit Turmanning o‘rnini egallagandi. Faoliyatidagi yagona mag‘lubiyatini Brayan Mendosadan qabul qilib olgan. Szyu ham bo‘lajak jangja WBO kamari yonga WBC chempionlik kamarini qo‘shib qo‘yish uchun harakat qiladi.

Ma’lumot uchun, birinchi o‘rta vazn toifasida WBA chempionlik kamari Isroil Madrimovga tegishli. Balki, hamyurtimiz keyingi jangini Tim Szyu - Sebastyan Fundora jangi g‘olibiga qarshi o‘tkazar. Bu holatga jarohatidan forig‘ bo‘lib qaytadigan Kit Turman halal berishi mumkin.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati