Bellanova APL klublari e’tiboriga tushdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 39
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 04:30
Raul Bellanovaga Premyer-liga klublari qiziqish bildirmoqda.

Toro News nashrining Tuttosport nashriga tayanib xabar berishicha, “Aston Villa” va “Manchester Yunayted” “Torino” himoyachisini kuzatib bormoqda. Ushbu klublarning skautlari 23 yoshli futbolchi ishtirokidagi turli uchrashuvlarda qatnashishdi. "Vest Xem" ham o‘z vakillarini yubordi.

TuttoMercatoWeb qo‘shimcha qilishicha, "Chelsi" ham unga qiziqish bildirmoqda. Yozgacha Turin klubi rahbariyati Bellanova borasida hech qanday muzokara olib bormoqchi emas.

Joriy mavsumda Italiya terma jamoasi debyutanti A Seriyada 28 ta o‘yin o‘tkazdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati