Laporta Xolandni xohlamoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 04:28
Joan Laporta Erling Xolandni "Barselona"da ko‘rmoqchi.

"Barselona" prezidenti kelajakda "Manchester Siti" hujumchisi bilan shartnoma imzolash niyatida, deb xabar berdi jurnalist David Bernabeu.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Laporta 2026 yilda qayta saylanish uchun nomzodini qo‘ysa, "katta narsa" tayyorlamoqda. U qayta saylanish uchun Xolandni transfer qilishga harakat qilmoqchi.

Shuningdek, Laportaning saylovoldi kampaniyasining bir qismi "Kamp Nou"ning rekonstruksiyadan so‘ng ochilishi bo‘lishi mumkin. Qayd etilishicha, bu maqsadlarga erishish uchun 2026 yilgacha “Barsa”ning iqtisodiy va sport holati yaxshilanishi kerak.

Joriy mavsumda Xoland Premyer-liganing 23 ta uchrashuvida 18 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati