Osimxen uchun kurash qattiq kechadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 04:16
Uchta klub Viktor Osimxen uchun katta summa to‘lashga tayyor.

Football Italia Il Mattinoga tayanib xabar berishicha, "Chelsi", "Arsenal" va "PSJ" nigeriyalik hujumchining transferi uchun "Napoli"ga 90 million yevro taklif qilishga tayyor.

Osimxenning shartnomasida tovon puli ko‘rsatilgan - 120-130 million yevro. Neapol klubi prezidenti Aurelio De Laurentis futbolchini ketishga qaror qilganini hisobga olsak, uni biroz arzonroqqa sotishi mumkin.

Qayd etilishicha, forvardning o‘zi A Seriyadan charchagan.

A Seriyaning joriy mavsumida Osimxen 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati