BYD biznesni rivojlantirish strategiyasi haqida gapirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 23:56
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 martdagi «O‘zbekiston Respublikasida elektr va gibrid transport vositalari va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish» investisiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha investisiya bitimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori imzolandi. “Bu yangilik respublika aholisi va avtoulovchilar o‘rtasida qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi.BYD vakili (Xitoy) Ivan Sao ushbu qaror bilan bog‘liq masalalar yuzasidan intervyu oldi.

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yangi farmoni BYD tomonidan yangi energiya manbalaridan foydalangan holda avtomobillar ishlab chiqarishni sezilarli darajada qo‘llab-quvvatlashni o‘zida aks ettiradi. Yaqin kelajakda BYD ning quyidagi aniq rejalari bilan o‘rtoqlasha olasizmi?

– BYD 2023 yil 16 martda O‘zbekistonda loyiha ishga tushirilishini rasman e’lon qilganiga to‘liq bir yil o‘tdi. Bu yil davomida BYD mahalliy savdo kanallari va xizmat ko‘rsatish markazlarini rivojlantirishga ko‘maklashdi va hukumat bilan kelishilgan investisiya va ishlab chiqarish rejalarini amalga oshirish yo‘lida bormoqda. Bugungi kunga qadar biz O‘zbekistonda 15 ta avtosalon qurdik, masalan, Toshkentda eng yaqin rasmiy BYD avtosaloniga yoki sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish markaziga tom ma’noda 20 daqiqada yetib borish mumkin. Joriy yilda mamlakatimizning barcha hududlarida avtosalonlarni ochish rejalashtirilgan, bu esa o‘z navbatida har bir xaridor uchun qulay shart-sharoit yaratib, BYD avtomobillariga sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish imkoniyatini beradi.

Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi chog‘ida Jizzax viloyatida ishlab chiqarish loyihasi rasman ishga tushirilgan bo‘lib, ayni paytda ishlab chiqarish liniyasini o‘rnatish va ishga tushirish ishlari olib borilmoqda. Rejaga ko‘ra, joriy yilning uchinchi choragida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi energiya vositalarini ommaviy yetkazib berish rejalashtirilgan. O‘zbekistonlik iste’molchilarni eng yaxshi va ishonchli avtomobillarga ega bo‘lishini ta’minlash uchun hamkorlarimiz bilan birgalikda eng so‘nggi ishlab chiqarish jarayonlari, eng zamonaviy ishlab chiqarish uskunalaridan foydalangan holda ushbu ishlab chiqarish liniyasiga katta sarmoya kiritdik deydi,- BYD vakili.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati