Solbakken: Aql-idrokdan boshqa narsani hisobga olmayman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 23:44
Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stole Solbakken "Manchester Siti" - "Arsenal" uchrashuvi haqida gapirdi.

26 mart kuni norvegiyaliklar Slovakiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Unda Erling Xoland va Martin Edegor ishtirok etadi.

O‘tgan hafta boshida hujumchining oyog‘ida muammo borligi xabar qilingandi, biroq u 22-kuni Chexiyaga qarshi o‘yinda 75 daqiqa harakat qildi.

"Men "Manchester Siti" - "Arsenal" uchrashuvini ortiqcha hisobga olib o‘tirmayman. Aql-idrokdan boshqa narsani hisobga olmayman.

Uchrashuvga besh kun qoldi. Men ikkala futbolchi bilan ham gaplashdim. Ikkalasi ham o‘ynashni xohlaydi. O‘ylaymanki, bundan xursand bo‘lishimiz kerak", - dedi Solbakken.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati