Vinisius irqchilik haqida gapirib, yig‘lab yubordi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 18
- Формат: mp4
- Дата релиза: 25-03-2024, 23:24
«Bu har kuni, har o‘yinda kuzatilayotgani achinarli. Har bir e’tiroz va shikoyatim o‘zimni ham xafa qiladi. Afsuski, bu faqat Ispaniyada emas, butun dunyoda kuzatilmoqda.
O‘z vaqtida otam bilan ham shunday voqea bo‘lgan – otamni qora tanli ekanligi uchun ishga olmay, oq tanlini olishgan. Irqchilikka ko‘p guvoh bo‘lganman va yaqin kelajakda bunday holat boshqalar bilan takrorlanmasligi uchun kurashishda davom etaman.
Meni qo‘llab-quvvatlayotgan ispaniyalik o‘yinchilarga minnatdorchilik bildiraman. Irqchilik faqat Ispaniyada emas, butun dunyo bo‘ylab bor. Umid qilamanki, kelajakda irqiy kamsitishlar kamayib borib, odamlar bunday holatga duch kelishmaydi», - deydi «Real» va Braziliya milliy jamoasi forvardi.
Ma’lumot uchun, Braziliya 26 mart kuni Madridda Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.