26 mart kuni uchun kutilayotgan yog‘ingarchilik xaritasi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 17
- Формат: mp4
- Дата релиза: 25-03-2024, 23:12
O‘zgidromet 26-31 mart kunlari hududlarda sel-suv toshqini xavfi to‘g‘risidagi ogohlantirish xabarida 26 mart kuni respublika bo‘ylab kutilayotgan yog‘ingarchilik kartasini ham taqdim etgan.
Kartadan ko‘rinishicha (https://t.me/uzgydromet/12987), 26 mart kuni Samarqand, Navoiy, Suxondaryo va Qashqadaryo viloyatining ko‘plab tumanlarida qisqa vaqt ichida juda xam ko‘p yog‘in (25-50 mm oraliqda) yog‘ishi mumkinligi ko‘rsatilgan (och binafsharang).
Mazkur hududlar geografik joylashuv jihatidan sel-suv toshqin xavfiga moyil hududlar bo‘lgani uchun aynan shu hududlarda momaqaldiroqli yog‘inlardan sel-suv toshqin xavflari ro‘y berishi juda yuqori.
Yuqoridagi vaziyatdan kelib chiqib, hukumat va boshqa tuzilmalar kuchli yog‘in kutilayotgan hududlar va unga yaqin ob’ektlarda Prezidentning 18.11.2022 y dagi "Aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish chora-tadbirlari" to‘g‘risidagi 426-son qarori bandlaridagi choralarni ko‘rishlari tavsiya etiladi.