Angliya terma jamoasida sardor o‘zgardi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 23:02
Seshanba oqshomida "Uembli"da Angliya va Belgiya terma jamoalari o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.

“Uch sherlar” shanba kuni Braziliyadan uchralgan 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat uchun muxlislarni yupatishga harakat qiladi.

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt jurnalistlarga yarim himoyachi Deklan Rays sardorlik bog‘ichini olib maydonga tushishini aytdi.

"Arsenal" vakili uchun bu terma jamoa uchun 50-uchrashuv bo‘ladi.

Angliya terma jamoasi ayni damda Yevropa chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Yozda Germaniyada qit’a futbol forumi bo‘lib o‘tadi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati