Farg‘onada 11 mln so‘m qarzi bo‘lgan fuqaroning Toyota Camry mashinasi xatlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 22:54
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida 10 million 800 ming so‘m qarzi bo‘lgan fuqaroning mashinasi xatlandi.

Aytilishicha, byuroning Buvayda tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Qo‘qon tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga asosan U.M.dan undiruvchi bank foydasiga 10 million 800 ming so‘m kredit qarzini undirish belgilangan.

Qarzdor tomonidan sud qarorining ijrosi ixtiyoriy muddatda ta’minlanmagani sababli davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning nomida bo‘lgan Toyota Camry 20 mart kuni xolislar ishtirokida xatlanib, tuman IIB YXHBning jarima maydoniga olib kirilgan.

Hozirda ushbu xatlangan mulkni auksion savdolarga qo‘yish choralari ko‘rilmoqda






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati