«Terrorizm takomillashib, shakl va usullarini o‘zgartirib, tobora murakkablashib bormoqda»- Nurbek Abdiyev
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 14
- Формат: mp4
- Дата релиза: 25-03-2024, 22:44
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Nurbek Abdiyev fuqarolarning ommaviy dam olish maskanlarida quroldan foydalangan holda jinoyat va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda poytaxtimizdagi savdo markazlari va ko‘ngilochar majmualar egalari, ma’muriyatlari, xususiy qo‘riqlash kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Muhokama chog‘ida Nurbek Abdiyev bugungi kunning eng muhim masalalaridan biri terrorchilik faoliyatiga samarali qarshi kurashish ekanligini ta’kidladi. «Terrorizm takomillashib, shakl va usullarini o‘zgartirib, tobora murakkablashib bormoqda», - deydi u.
Vazir o‘rinbosari Moskva viloyatidagi Crocus City Hall konsert zalida sodir etilgan terakt va uning ayanchli oqibatlarini esladi.