Atletiko Edersonni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 22:32
Madridning “Atletiko” klubi "Atalanta" yarim himoyachisi Edersonga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Marca nashri.

Manbaga ko‘ra, "matraschilar" o‘tgan mavsumdan boshlab yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish ustida faol ish olib borishgan. "Atletiko" yozgi transfer oynasida Edersonni sotib olishni rejalashtirmoqda.

24 yoshli braziliyalik futbolchi 2022 yilning iyulida "Salernitana"dan "Atalanta"ga o‘tgandi. Transfer summasi 21,4 million yevroni tashkil etgandi. O‘yinchining klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt yarim himoyachini 27 million yevroga baholamoqda.

Joriy mavsumda Ederson "Atalanta" safida barcha turnirlarda 36 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati