Toshkentda erkak ehson qutisini o‘marmoqchi bo‘ldi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 15
- Формат: mp4
- Дата релиза: 25-03-2024, 22:28
Qayd etilishicha, Milliy gvardiya «Qo‘riqlash» xizmati xodimlari “To‘ra buva” jome masjidi oldiga o‘rnatilgan ehson qutisini noma’lum shaxsning ochishga urinayotganini ko‘rib qolishgan. Xodimlarni ko‘rib qochishga uringan ushbu shaxs tezda qo‘lga olinib, hududiy IIBga topshirilgan.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv davomida ushbu fuqaro Xorazm viloyatida tug‘ilgan 43 yoshli fuqaro M.M. ekanligi aniqlangan.
Surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.