Falastinparast faollar Britaniya muzeyini yopishga majbur qilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 22:26
Yakshanba kuni Londondagi Britaniya muzeyi asosiy kirish joyi oldidagi norozilik namoyishi ortidan yopildi.

Faollar muzeyning G‘azo qirg‘oqlari yaqinida tabiiy gaz izlashda Isroil bilan hamkorlik qilayotgan Britaniyaning neft va gaz ko‘p millatli BP kompaniyasi bilan hamkorligiga norozilik bildirishgan.

Piket Buyuk Britaniyada joylashgan Falastin uchun energiya embargo tashkiloti tomonidan uyushtirildi.

Namoyishchilar muzey ma’muriyatini BP bilan hamkorlikni to‘xtatishga chaqirdi.

Buning ortidan muzey rahbariyati va polisiya muzeyni tashrif buyuruvchilar uchun yopdi.

Britaniya matbuoti xabarlariga ko‘ra, BP yaqin 10 yil ichida muzeyni rekonstruksiya qilish uchun 50 million funt sterling ajratishni rejalashtirgan.
«Isroil tomonidan G‘azoning davom etayotgan genosid blokadasi fonida BP bosib olingan Falastin hududiy suvlarida gaz izlash uchun yashil chiroq oldi», — deyiladi guruh ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida.
Namoyish ikki soatga yaqin davom etdi. Unga muzey tashrif buyuruvchilar va mahalliy aholi ham qo‘shildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati