Namanganda uchta elektr stansiyasi qurilishi boshlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 22:18
25 mart kuni Namangan viloyatida yangi elektr stansiyalari qurilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘ldi.

Mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi yillarda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryoda 1,6 gigavattli 9 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari tarmoqqa ulandi. Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida 183 megavattli 6 ta gidro elektr stansiyasi ishga tushirildi.

Bugungi kunda Namanganda jami 913 megavatt generasiya quvvati mavjud. So‘nggi uch yilda elektr iste’moli 24 foizga o‘sgan va bu, tabiiyki, davom etadi.

Shu bois viloyatda jami qiymati 1,1 milliard dollar, quvvati 1 ming 228 megavatt bo‘lgan uchta majmua loyihalashtirildi. Bular gidroelektr stansiyalar kaskadi hamda ikkita quyosh elektr stansiyasidir.

Jumladan, “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati 434 million dollar evaziga Uychi tumani, Norin daryosida 228 megavattli 6 ta “GES kaskadi”ni barpo qiladi. Buning natijasida yiliga 1 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi, 310 million metr kub gaz iqtisod qilinadi, 430 ming xonadonga elektr uzatiladi.

Yana bir e’tiborli tomoni, ushbu GES to‘liq yurtimizda ishlab chiqarilayotgan uskuna va texnologiyalar hisobiga quriladi. Ya’ni u mamlakatimizda “birinchi milliy GES” bo‘ladi.
Bu stansiyalarda 133 kishi, qurilish davrida 4 ming odam ishlaydi.
Pop tumanida Germaniyaning “Hyper Partners GmbH” kompaniyasi tomonidan 500 megavatt quvvatli quyosh elektr stansiyasi quriladi. Mazkur loyihaning qiymati 350 million dollar bo‘lib, yillik ishlab chiqarish hajmi 1 milliard 95 million kilovatt-soatni tashkil etdi.
Birlashgan Arab Amirliklarining “Tepelen Group Holding Limited” kompaniyasi bilan hamkorlikdagi quyosh elektr stansiyasi ham Popda quriladi. Uning ham qiymati 350 million dollar, quvvati 500 megavatt bo‘ladi.
Ushbu stansiyalarni shu yil yakuniga qadar tarmoqqa ulash ko‘zda tutilgan. Ularda 120 kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati