Eng kuchli pauerliftingchilar aniqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 22:14
Pauerlifting bu kuch sporti bo‘lib, uning mohiyati sportchi uchun nihoyatda og‘ir bo‘lgan og‘irlikning qarshiligini yengishdan iborat.

Pauerlifting og‘ir atletikachilarning asosiy harakatlarda samaradorlikni oshirish uchun ishlatadigan mashqlaridan kelib chiqqan bo‘lib o‘tgan asrning 40-50 yillarida G‘arbda mashhurlikka erishdi. Musobaqalar o‘tkazila boshlandi. 50-60 yillarda esa zamonaviy shaklda pauerlifting shakllana boshladi. 60 yillarning o‘rtalariga kelib musobaqa qoidalari belgilanib, milliy darajadagi chempionatlar muntazam o‘tkazila boshlandi.

1972 yil noyabr oyida Xalqaro pauerlifting federasiyasi tashkil etildi. U Xalqaro paramiya qo‘mitasi va Dunyo Anti-doping agentliklarining a’zosi hisoblanadi.

2000 yildan boshlab Xalqaro paralimpiya o‘yinlarida pauerlifting bo‘yicha ham rasiy bahslar o‘tkazilib kelinadi. Mazkur sport yurtimizda ham yildan yilga ommalashib bormoqda.

O‘zbekiston pauerlifting federasiyasi tomonidan muntazam milliy chempionatlar, nufuzli turnirlar tashkil etilmoqda. Xalqaro musobaqalarda o‘zbekistonlik sportchilar yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelishmoqda.

21-24 mart kunlari Yunusobod sport kompleksi hududidagi Savage sport majmuasida yoshlar va kattalar o‘rtasida Pauerlifting bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi. 3 kun davom etgan bahslarda yoshlar klasik kattalar epikirovka yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.
O‘zbekiston pauerlifting federasiyasi Raisi Islom Islomovning ma’lum qilishicha chempionatda 121 nafar sportchilar ishtirok etishdi. Ular mos ravishda Angren, Olmaliq, Chirchiq, Zarafshon, Uchquduq, Toshkent, Buxoro, Nukus va Namangan jamoalari sharafini himoya qildilar.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati