Sobiq ittifoq mamlakatlaridagi eng qimmat 15 nafar futbolchi narxi e’lon qilindi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 17
- Формат: mp4
- Дата релиза: 25-03-2024, 22:10
Birinchi o‘rinni gruziyalik yarim himoyachi Xvicha Kvarasxeliya egalladi: "Napoli" futbolchisining bozor qiymati portal tomonidan 80 million yevroga baholangan.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni ukrainalik futbolchilar egalladi: "Arsenal" himoyachisi Aleksandr Zinchenko (42 million) va "Chelsi" yarim himoyachisi Mixail Mudrik (35 million).
Eng qimmat rossiyalik futbolchi "Monako" yarim himoyachisi Aleksandr Golovin (30 million yevro) bo‘lib, u "Jirona" klubining ukrainalik hujumchisi Artyom Dovbik bilan beshinchi-oltinchi o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.