Sobiq ittifoq mamlakatlaridagi eng qimmat 15 nafar futbolchi narxi e’lon qilindi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 22:10
Futbolchilarning narxini baholashga ixtisoslashgan Transfermarkt portali sobiq Ittifoq hududidagi mamlakatlar vakili bo‘lgan eng qimmat futbolchilar reytingini taqdim etdi.

Birinchi o‘rinni gruziyalik yarim himoyachi Xvicha Kvarasxeliya egalladi: "Napoli" futbolchisining bozor qiymati portal tomonidan 80 million yevroga baholangan.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni ukrainalik futbolchilar egalladi: "Arsenal" himoyachisi Aleksandr Zinchenko (42 million) va "Chelsi" yarim himoyachisi Mixail Mudrik (35 million).

Eng qimmat rossiyalik futbolchi "Monako" yarim himoyachisi Aleksandr Golovin (30 million yevro) bo‘lib, u "Jirona" klubining ukrainalik hujumchisi Artyom Dovbik bilan beshinchi-oltinchi o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.

 




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati