Barselona Kanseluni saqlab qolish yo‘llarini izlamoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 21:50
Kataloniyaning "Barselona" klubi shartnomasi "Manchester Siti"ga tegishli bo‘lgan portugaliyalik himoyachi Joau Kanseluni jamoada saqlab qolmoqchi. Bu haqda jurnalist Luis Roxo xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Barselona" hozir Kanseluni saqlab qolishi mumkin bo‘lgan turli variantlarni qidirmoqda. Qayd etilishicha, klub 29 yoshli futbolchining ijara muddatini yana bir mavsumga uzaytirishni rejalashtirgan.

Ushbu mavsumda Kanselu barcha musobaqalarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 30 million yevroga teng.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati