MLS klubi Jiruga rasmiy taklif yubordi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 21:36
Fabrisio Romanoning aytishicha, "Los-Anjeles" klubi Olivye Jiruga rasmiy taklif yuborgan.

Yozda erkin agentga aylanadigan 37 yoshli fransiyalik futbolchiga boshqa klublardan ko‘proq foydali takliflar tushmoqda, ammo Kaliforniya jamoasi favorit hisoblanadi.

Ugo Lyoris o‘z hamyurtini MLSga qo‘shilishga undamoqda.

Eslatib o‘tamiz, hujumchi "Milan"da 2021 yilning iyulidan buyon o‘ynab kelmoqda.

Bu vaqt ichida u 122 uchrashuvda 46 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati