• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • MIB qurilishi tugallanmagan binoni 4 025.620.000 so‘mga baholab, pulini chuv tushganlarga taqsimladi

MIB qurilishi tugallanmagan binoni 4 025.620.000 so‘mga baholab, pulini chuv tushganlarga taqsimladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 21:28
Dilbarxon qo‘shnisi Nozima opaga yaqinda yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan o‘ziga shinam bir xonadon sotib olganini og‘zi ko‘pirib maqtandi. Nozima opa ham voy qo‘shnijon muborak bo‘lsin, menga ham o‘zingiz olgan uylardan gaplashib bering, men ham olaman, - dedi. Dilbarxon ham albatta, qo‘ni-qo‘shni shunaqa kunda bilinadi-da, sizga ham o‘zim uy olishib beraman, - deya kulimsirab qo‘ydi.

Bir-ikki kundan so‘ng, Nozima opa uyning boshlang‘ich to‘lovi uchun so‘ralgan 3000 AQSh dollarini Dilbarxonga olib chiqdi, Dilbarxon pulni bank orqali ushbu MCHJga o‘tkazib berish keragligini aytdi va birgalikda bank tomon yo‘l oldilar, pulni o‘tkazib ushbu “G.I.” MCHJ bilan bog‘lanishdi va ulardan “xotirjam bo‘ling, uy hozir ta’mir jarayonida, yaqinda bitkazib topishirishadi, qolgan to‘lovini kredit asosida uzib boraverasiz” degan javob olishdi

Shu tarzda ko‘plab fuqarolar ushbu “G.I.” MCHJga uy sotib olish maqsadida boshlang‘ich to‘lov uchun pul o‘tkazmalarini bajarishdi.

Uy olish istagida ne-ne umidlar bilan to‘lov qildim, deb xursand yurganlar esa o‘z vaqtida aytilgan xonadonlardan darak bo‘lmagach, chuv tushib qolganliklarini fahmladi va pullarini qaytarib olish uchun sudning adolatidan umidvor bo‘ldi.

FIB O‘zbekiston tumanlararo sudining 12.04.2023 yilgi qaroriga ko‘ra qarzdor “G.I.” MCHJdan jami 2.472.000.000 so‘m undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjatlari byuroning Beshariq tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijroga qabul qilinib, ijroga qaratilgan.
Bundan tashqari, bo‘lim ish yurituvida O‘zbekiston tumanlararo Iqtisodiy sudining 07.07.2022 yildagi qarzdor “G.I.” MCHJdan undiruvchi “A.S.G.” MCHJ boshqalar foydasiga jami 2 975 381 000 so‘m qarz to‘g‘risidagi ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, mazkur ijro ishlari O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 251-moddasiga asosan birlashtirilib ijro xarakatlari olib borilgan.
Olib borilgan ijro xarakatlari davomida, qarzdorga tegishli Beshariq tuman Fayzabod MFYda joylashgan qurilishi tugallanmagan bino va inshootlari 4 025.620.000 so‘mga baholangan.
Ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida xatlangan mol-mulkni Byuro huzuridagi elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi orqali “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun chiqarildi.
Qarzdorga tegishli ko‘chmas mulk bino inshooti auksion savdolarida sotilib, savdodan tushgan pul mablag‘lari undiruvchilarga qonunning 80-moddasi tartibida taqsimot qilindi va ijro hujjatlarini ijrosini ta’minlandi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati